Asosiy qismga o‘tish

Dasturchilar uchun

API va webhook

1C, o‘z Telegram botingiz, hisob dasturi yoki marketpleysni do‘koningizga ulang: tovar va buyurtmalarni o‘qing, narxni yangilang, tashqaridan buyurtma qabul qiling.

Boshlash

  1. Do‘kon tarifida «API ulanish» moduli bo‘lsin.
  2. Panelda Tarif → API ulanish bo‘limida kalit yarating: faqat o‘qish yoki o‘qish va yozish.
  3. Kalit faqat bir marta ko‘rsatiladi — uni xavfsiz joyda saqlang. Kerak bo‘lmasa — o‘sha yerda bekor qiling.

Asosiy manzil: https://developers.vobecom.uz/api/v1

Kalit va sarlavhalar

Har so‘rovda kalitni Authorization sarlavhasida yuboring (yoki X-Api-Key). Javob tili — Accept-Language yoki x-vbc-til: uz, ru, en.

curl https://developers.vobecom.uz/api/v1/buyurtmalar?holat=yangi \
  -H "Authorization: Bearer vbk_…"

Javob va xatolar

Muvaffaqiyatli javob — {"malumot": …}. Xato — {"xato": {"kod", "matn"}}. Ro‘yxatlarda limit (sukut 50, ko‘pi bilan 200) va offset. Har javobda X-Request-Id sarlavhasi bor (o‘zingiz yuborsangiz — o‘sha qaytadi): yordam so‘raganda shuni ayting. POST /buyurtmalar ga Idempotency-Key sarlavhasini (8–128 belgi) yuboring: javob yo‘qolib so‘rovni qayta yuborsangiz, ikkinchi buyurtma yaratilmaydi — o‘sha buyurtma qaytadi (Idempotent-Replayed: true). Kalit 24 soat saqlanadi.

KodHTTPMa’nosi
kalit401Kalit yo‘q, noto‘g‘ri yoki bekor qilingan
tarif402Tarifda «API ulanish» moduli yo‘q
huquq403Kalit faqat o‘qish uchun
parametr400Parametr yoki tana noto‘g‘ri
topilmadi404Tovar yoki buyurtma topilmadi
kop-urinish429Bir raqamdan bugun juda ko‘p buyurtma
chegara429Juda ko‘p so‘rov: bitta kalit daqiqasiga 120 tagacha. Retry-After sarlavhasidagi soniyadan keyin qayta yuboring
idempotency409 / 422409 — shu Idempotency-Key bilan so‘rov hali bajarilmoqda (Retry-After); 422 — kalit boshqa tarkibli so‘rov bilan ishlatilgan
ichki500Kutilmagan xatolik — keyinroq qayta urining

Tovarlar

UsulYo‘lTavsif
GET/tovarlarRo‘yxat. ?kategoriya=kalit&limit=&offset=
GET/tovarlar/{kalit}Bitta tovar
PATCH/tovarlar/{kalit}narx, eski_narx, faol, tavsif. Qoldiq bu yerda o‘zgarmaydi — ombor orqali.

Tovar maydonlari: kalit, nom, narx, eski_narx, qoldiq, faol, rasmlar, tavsif, kategoriya, yaratilgan, variantlar [kalit, nom, qiymatlar, narx, qoldiq, faol].

Kategoriyalar

UsulYo‘lTavsif
GET/kategoriyalarRo‘yxat: kalit, nom, rasm

Buyurtmalar

UsulYo‘lTavsif
GET/buyurtmalar?holat=&dan=ISO-sana&limit=&offset=
GET/buyurtmalar/{raqam}Bitta buyurtma
POST/buyurtmalarTashqi kanaldan yangi buyurtma. Narx, chegirma va yetkazishni platforma hisoblaydi.

holat qiymatlari: yangi, jarayonda, tasdiqlandi, kuryerda, sotildi, bekor, qaytarildi

POST tanasi: ism, telefon (9 raqam), viloyat?, tuman?, manzil?, izoh?, qatorlar: 1–50 ta [{kalit, soni 1–1000}]. Javob 201: raqam, tovar_summa, yetkazish, jami.

curl -X POST https://developers.vobecom.uz/api/v1/buyurtmalar \
  -H "Authorization: Bearer vbk_…" -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"ism":"Aziz","telefon":"901234567","viloyat":"Toshkent",
       "qatorlar":[{"kalit":"kreslo-oqshom","soni":1}]}'
{
  "malumot": { "raqam": "00042", "tovar_summa": 1450000,
               "yetkazish": 30000, "jami": 1480000 }
}

Mijozlar

UsulYo‘lTavsif
GET/mijozlar?q=telefon yoki ism&limit=&offset=. Maydonlar: telefon, ism, viloyat, tuman, manzil, buyurtmalar, olgan, voz_kechgan, jami_summa, bonus, birinchi, oxirgi

Ombor (qoldiq sinxroni)

UsulYo‘lTavsif
GET/omborHar sotiladigan birlik (variantlar alohida): kalit, nom, ota_kalit, qoldiq, min_qoldiq, shtrix, faol. ?limit= (500 gacha)&offset=
PATCH/omborQoldiqni o‘rnatish: {"qatorlar": [{"kalit", "qoldiq"}]} — 500 tagacha. Ombor tarixiga «sanoq · API» bo‘lib yoziladi.

1C yoki MoySklad bilan sinxron: hisob dasturi har N daqiqada PATCH /ombor yuboradi, do‘kondagi sotuvlarni esa stock.changed webhooki orqali oladi. Javob: yangilandi, topilmadi, notogri. Ko‘p qator bir vaqtda o‘zgarsa, webhookda «To‘plab yuborish»ni yoqing: hodisalar bitta so‘rovda 100 tagacha keladi — { "hodisa": "batch", "soni": n, "hodisalar": [oddiy webhook tanalari] }, sarlavha x-vbc-hodisa: batch.

curl -X PATCH https://developers.vobecom.uz/api/v1/ombor \
  -H "Authorization: Bearer vbk_…" -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"qatorlar": [{"kalit": "A1", "qoldiq": 12}, {"kalit": "B7", "qoldiq": 0}]}'

Webhooklar

Panelda Tarif → Webhooklar bo‘limida https manzil qo‘shing va hodisalarni tanlang. Har hodisa — POST, JSON tana: hodisa, vaqt, dokon va hodisaga qarab buyurtma, tovar yoki mijoz (/api/v1 bilan bir xil ko‘rinish).

order.createdBuyurtma yaratildi (qaysi kanaldan bo‘lmasin)
order.status_changedHolat o‘zgardi: + oldingi_holat, yangi_holat
order.paidTo‘landi
product.createdTovar qo‘shildi: + tovar
product.updatedTovar o‘zgardi: + tovar, ozgargan (maydonlar ro‘yxati)
product.archivedTovar o‘chirildi (arxiv)
stock.changedQoldiq o‘zgardi: + oldingi, yangi, farq, sabab (sotuv, kirim, sanoq, qaytish, kassa…)
stock.lowQoldiq min_qoldiq chegarasiga tushdi: + qoldiq, chegara, tugadi
customer.createdYangi mijoz: + mijoz
pingPaneldagi «Sinov xabari»

Sarlavhalar

  • x-vbc-hodisa order.* | product.* | stock.changed | stock.low | customer.created | ping | batch
  • x-vbc-yetkazish id
  • x-vbc-vaqt unix
  • x-vbc-imzo sha256=<hex>
  • user-agent VOBECOM-Webhook/1.0

Imzoni tekshirish: xom tana bo‘yicha HMAC-SHA256(sir, vaqt + "." + tana) ni hisoblang, x-vbc-imzo bilan doimiy vaqtli solishtiring, 5 daqiqadan eski vaqtni rad eting. Takrorni x-vbc-yetkazish bo‘yicha tashlang.

import { createHmac, timingSafeEqual } from 'node:crypto';

function tekshir(xomTana, sarlavha, sir) {
  const vaqt = sarlavha['x-vbc-vaqt'];
  if (Math.abs(Date.now() / 1000 - Number(vaqt)) > 300) return false;
  const kutilgan = 'sha256=' + createHmac('sha256', sir)
    .update(vaqt + '.' + xomTana).digest('hex');
  const a = Buffer.from(kutilgan), b = Buffer.from(sarlavha['x-vbc-imzo'] ?? '');
  return a.length === b.length && timingSafeEqual(a, b);
}

2xx javob — yetkazildi. Boshqa javob yoki 10 soniyada javob bo‘lmasa — qayta urinish: 1, 5, 15 daqiqa, 1, 3, 6, 12 soat (jami 8 marta).

Qaysi tizimlar bilan ulanadi

Quyidagi tizimlar VOBECOM bilan ishlaydi. «Ichki» — panelda bir tugma bilan ulanadi; «API/webhook» — shu hujjatdagi API va webhooklar orqali (dasturchi yoki Make/Zapier/n8n kabi ulagich bilan).

TizimUlanishNima beradi
Payme, Click, Uzum Bank, PaynetIchkiOnlayn to‘lov — Integratsiyalar → To‘lov
TelegramIchkiDo‘kon boti, Mini App, xabarlar konstruktori
Yandex Yetkazish, BTS, EMUIchkiYetkazish xizmatlari, trek raqam
Meta Pixel, Google Analytics 4, Google Ads, Yandex MetrikaIchkiPiksellar va server konversiyalar
OFD (fiskal chek), SMSIchkiFiskal chek va SMS xabarlar
1C:Korxona, MoySkladAPI/webhookorder.created → hisobga buyurtma; PATCH /ombor ← qoldiq; product.* → katalog
amoCRM, Bitrix24API/webhookorder.created va customer.created → bitim va kontakt
Google Sheets, AirtableAPI/webhookMake/Zapier/n8n orqali har buyurtma yoki qoldiq o‘zgarishi jadvalga
Make, Zapier, n8nAPI/webhookHar qanday hodisadan istalgan xizmatga — kodsiz
O‘z ilovangiz yoki saytingizAPI/webhookTovarlar, buyurtma qabul qilish, holatlar

Kalitlarni boshqarishSavol bo‘lsa — Yordam markazi